MENU
Бош сахифа » 2015 » Март » 2 » Varikoselе (Варикоцеле)
12:56
Varikoselе (Варикоцеле)

Varikosele, moyaklarni venoz qonini olib chiqib ketuvchi pleksus pampiniformisni hosil qilgan venalarining haddan ziyod kengayishi natijasida moyaklarni zararlaydigan qon-tomir kasalligidir. 10yoshdan kichik o’g’il bolalarda 1% atrofida uchraydi. 13-19yoshli bolalarda esa 11%gacha uchraydi. Bundan tashqari 13 yoshdan song yosh ortgan sari uchrashi ham ortib boradi. Voyaga yetgan yigitlarda 15-22% uchrashiga qaramasdan, bepushtlik bilan shikoyat qilganlarning 30-40%ida varikosele topiladi, yani bepushtlikda eng kop uchraydigan kasallikdir. O’ng tarafga nisbatan chap moyak venalari drenaj sistemasi boshqacharoqdir shunung uchun chap taraflama varikosele ko’p uchraydi.(60-80%) Ikki taraflama yani bilateral uchrashi 20-40% atrofidadir. Faqatgina o’ng taraf varikosele deyarli uchramaydi, yoshi o’tganlarda uchrashi koproq ikkilamchi kasallik sababli bolishi mumkin (buyrak o’smalarini buyrak venasini boshida).

Sabablari

Bir qancha teoriyalar mavjud bulardan qabul qilinganlari quyidagilaridir: moyaklar orasidagi anatomik farqlar, venadagi qayta oqimaslikni ta’minlaydigan ichki qopqoqlar nuqsoni, aorta-mezenterikal pinset (Nutcracker fenomeni).

Patofiziologiyasi ohirgisigacha o’rganilmaganligia qaramay ma’lum gipotezalar mavjud: gipertermiya (issiqlikni ortishi), venos qon bosimini oshishi, buyrak va buyrak usti bezlarning mahsulotini qayta oqimi, ozuqalanishning buzulishi, intersitsial suyuqlikni ozgarishi natijasida vaskulyar ozgarish, gormonal o’zgarishlar, avtoimmun jarayonlar, akrazomal reyaktsa defekti, oksidatif stres, apoptoz va kadmiy kabi og’ir elementlarni chokishi va hakozolar.

Tashxis

Anamnez, ko’rik, palpatsya va eng kam 2ta spermogramma (ikkalasini orasi 7kun va 3haftadan oshiq bolmasligi kerak). Bu tekshiruvlarni natijasiga ko’ra boshqa tekshiruvlar kerak bo’lishi mumkin. Bular Dopplerografiya, UTT, sintiyografiya, venografiya kabilardan iborat bolib lekin odatda ko’rik-palpatsya yetarli boladi. Lekin ko’rikka halaqit beradigan holatlarda qoshimcha usullardan foydalanish mumkin.

Ko’rikda bemor tik ayoqda turganda Valsalva tekshiruvi qilinadi: qorin ichki bosimini birdaniga orttirilgan paytda (yotaltirilganda) moyak venalarida reflyuksni palpatsya qilish bilan baholanadi

1.daraja- Faqat Valsalvada palpatsyalanadigan varikosele

2.daraja-Valsalva tekshiruvisiz palpatsyalanadigan varikosele

3.daraja-ko’z bilan ko’riladigan varikosele

Ko’rikdan aniqlanmagan faqat radyologik tekshiruvlar natijasida qoyilgan variksele subklinik varikosele deyiladi. Subklinik varikoseleni davolash spermogramma parametrlarni ozgartirishi yoki homiladorlik nisbatini orttirganlikdagi ta’siri isbotlangani yoq. Bugungi kunda subklinik varikoseleni davolash tavsiya etilmaydi. Yanada aniq ishonch hosil qilish uchun prospektif, randomizatsyon, ko’p bemorli tekshiruvga ehtiyoj bor. Shu sababli subklinik varikoseleni davolashdan oldin bemorlar homilador bolish ehtimolini oshirmasligi, hatto spermogrammada nojo’ya ta’sirlarni ham rivojlanishi mumkinligi ogohlantirish kerak.

Har bir varikosel bemorlariga gormonal tekshiruvlarni otqazishga hojat yoqdir. Ayniqsa, spermatozoidlarning miqdor 10 million/ml dan oz bo’lganda, jinsiy funkstiyalarda nojo’ya o’zgarishlar yoki gormonal kasallikni klinik belgilari borligida, variksel operatsyasiga ijobiy javob berishi mumkinligidan FSG (follikulla stimulovchi gormon) va T (testosteron) tekshiruvlarini o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Spermatozoidlar 5 million/ml.dan oz bolgan bemorlarda genetik o’zgarishlar uchun tekshirish lozim. Karyotip va Y-genini analizi qilinadi. Genetik o’zgarishlari mavjud bemorlarda varikosele tabiiy holat bo’lib varikoseleni operatsyasidan keyin ham fertillik tiklanmasligi ham mumkin.

Klinikasi

Varikosele, rivojlanuvchi kasallik bolib moyaklarni jarohatlanishiga va rivojlanishini orqaga suradigan, spermatogenezni izdan chiqarib bepushtlikka olib kelishi mumkin. Varikoselda odatda kishini hech narsa bezovta qilmaydi, bepushtlik sababli murojaat qilinganda yoki tibbiy ko’rik paytida aniqlanadi. Voyga yetganlarda varikosel spermogramma parametrlaridagi o’zgarishlarga olib keladi. Spermatozoidlarni soniga, harakatchanligiga, va morfoligiyasida buzulishlarga, moyak hajmini kichrayishiga va moyakda testosterone ishlab chiqaradigan Leydig hujayralarini funktsiyalarida kamayishiga olib keladi. Spermogramma parametrlarini 90%ida harakatchanlikni (astenospermiya), 65%ida spermatozoidlarni sonini kamayish(oligospermiya) va to’liq yetilmagan spermatozoidlarni kopayishiga, shakli buzuq, normal bolmaganlari kopayishiga olib keladi
Просмотров: 6546 | Добавил: Anfalit | Теги: Varikoselе (Варикоцеле) | Рейтинг: 2.1/14
Барча изохлар: 0
avatar