12:38 Gimenoplastika — Qizlik pardasini tiklash. | |
Qizlik pardasini tiklash uchun amalga oshiriladigan jarroxlik amaliyoti (operatsiyasi) — Gimenoplastika deb ataladi. Jarroxlik amaliyotini o‘tkazishga ko‘rsatma: Ayolning qizlik pardasini tiklamoqchi ekani. Gimenoplastika kosmetik operatsiyalar turkumiga kiradi ya’ni bu turdagi jarroxlik amaliyoti sog‘likni tiklash uchun o‘tkazilmaydi. Gimenoplastikani faqat xulqi buzuq «qiz»lar to‘ydan oldin qildiradi degan qarash xato. Umrida biror marta ham jinsiy aloqa qilmagan qiz ham, turli jaroxatlar, tamponlarni noto‘g‘ri ishlatishi va h.z.lar natijasida qizlik pardasini shikastlab qo‘yishi mumkin. Bunday xollarda gimenoplastikani bir inson taqdirini barbod bo‘lishidan saqlab qolishdagi o‘rni katta. Qizlik pardasini tiklash operatsiyasining, pardaning qancha vaqtgacha o‘zining butunligini saqlashiga ko‘ra 2 xil shakli bor: Qisqa muddatli; Uzoq muddatli; Qisqa muddatli — Qizlik pardasining butunligi 7-10 kungacha saqlanib turadi. Uzoq muddatli — Qizlik pardasi tiklangandan keyin «birinchi» jinsiy aloqacha saqlanib turadi. | |
|
Барча изохлар: 0 | |