MENU
Бош сахифа » 2015 » Март » 2 » Homiladorlik belgilari.
12:52
Homiladorlik belgilari.

Xomiladorlikni, erta davrlarda aniqlash qiyinchilik tug‘diradi, chunki stress xolatlar, dori vositalarini qabul qilish va ayrim endokrin kasalliklar, xomiladorlik belgilariga o‘xshash ko‘rinish berishi mumkin. Xomiladorlikni aniqlashga imkon beradigan barcha belgilar 3ga bo‘linadi:

Taxminiy (gumon ostida) (taxminim bo‘yicha xomiladorman, ammo ayrim gumonlarim bor);
Extimol (extimol xomiladordirsiz?);
Aniq (gumonsiz) (Tabriklaymiz, Siz xomiladorsiz!);
Xomiladorlikni taxminiy belgilari

Ko‘ngil aynash va qayt qilish (asosan tongda), ishataxaning o‘zgarishi va qaysidir taomga o‘ch bo‘lib qolish;
Ayrim xidlarni yoqtirmay qolish;
Asab tizimidagi buzilishlar (uyquchanlik, kayfiyatni tez-tez o‘zgarip turishi, bosh aylanishi, maza qochishi, tez achchiqlanishlik);
Tez-tez xojatga qatnash (kichkinasiga);
Sut bezlarini kattalashishi va ularning sezuvchanligini ortishi;
Yuzda, ko‘krak so‘rg‘ichlarida, qorinning oq chiziqlarida terining rangi o‘zgarishi;
Qorinning terisida, sut bezlarida, sonda xomiladorlik hoshiya (chiziq)lari paydo bo‘lishi;
Qorinning xajmi kattalashishi.
Xomiladorlik extimoli (tekshirishlar natijasida aniqlanaadigan belgilar)

Amenoreya;
Sut bezlari kattalashishi, og‘iz sutining (molozivo)paydo bo‘lishi;
Qinning shilliq qismini va bachadonning bo‘yin qismini ko‘karib qolishi;
Bachadonning shakli, xajmi, konsistensiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgarishi;
Bachadonning 5-6 haftalikdan kattalashib borishi, avval oldi-orqasiga, keyin ko‘ndalangiga;
Gorvits-Gegar simptomi: bachadonning yumshashi, ayniqsa bachadon bo‘yni oldi soxasini. Oxirgi menstruatsiyadan keyingi 6-8 haftalarga xos;
Snegirov belgisi: bachadon konsistentsiyasi (qattiq-yumshoqligi) o‘zgaruvchanligi. Bachadonga mexanik ta’sir etilganda yoki barmoqlar bilan tekshirilganda, bachadon qattiqlashadi va qisqaradi, keyin yana asl xolatiga qaytadi;
Piskachek belgisi: xomiladorlikning boshlang‘ich davrlarida bachadon assimetriyasi (qarama-qarshi tomonni bir-biridan farq qilishi) kuzatiladi. Xomila kattalashgan sari assimetriya yo‘qolib boradi;
Gubarev va Gauss belgisi: xomiladorlikni erta davrida bachadon bo‘ynining yengil harakati kuzatiiladi, buning sababi bachadonning bo‘yin-old qismining yumshagani;
Aniq (ishonchli) belgilar — xomiladorlikni ikkinchi yarmidan boshlab

Xomilaning yurak urishini eshitilishi (akusherlarning stetoskopi yordamida xomilaning yurak urishini eshitish mumkin);
Xomila qimirlashini sezish (birinchi marta xomilador bo‘lgan ayol — 18-20 xaftada, ikkinchi (uchunchi, to‘rtinchi va h.z.) marta xomilador bo‘lgan ayol — 16-18 xaftada);
Xomila harakatlari va katta-kichik a’zolarini palpatsiya (paypaslab, ushlab ko‘rish) vaqtida qo‘lga ilinishi (2-uch oylikdan (trimester)) boshlab);
Rentgenogramma yoki exogramma orqali xomila skeletini aniqlanishi;
Xomiladorlikni aniqlashni eng ishonchli usuli — UTT (UltraTovush Tekshiruvi, УЗД, УЗИ).
Просмотров: 9546 | Добавил: Anfalit | Теги: Homiladorlik belgilari. | Рейтинг: 3.0/21
Барча изохлар: 0
avatar