MENU
Бош сахифа » 2015 » Март » 2 » Prostata bezining anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari
12:20
Prostata bezining anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari

Prostata bezi — peshob chiqaruv kanalining tana ichidagi tub-ildiz bo‘lmasini hamda peshob qopchasi bo‘yin qismini go‘yoki ost tomondan quchib turadigan a’zo. Bu a’zo kichik tosning quyi old qismida, peshob qopchasi ostida, ya’ni chov simfizi va to‘g‘ri ichak o‘rtasidagi hududda joy-lashgan. Aylanasimon uchburchak shaklli bu a’zoning yo‘g‘on tarafi tepadagi peshob qopiga, cho‘qqisimon qirraliroq qismi esa pastga — chot tomonga qarab joylashgan. Prostata mushak, bez va biriktiruvchi to‘qimalar majmuidan iborat a’zodir. Sodda qilib tushuntirilsa, prostata bezi peshob qopi va zakarning ildiz qismi o‘rtasida joylashgan (2-rasmga qarang). Shaklan yo‘g‘onroq, kashtan yong‘og‘iga o‘xshab ketadigan bu a’zoning kattaligi va og‘irligi har bir kishida o‘ziga xos bo‘ladi. 20-45 yoshli erkaklarda prostata bezining o‘rtacha uzunligi 30-45 mm.ni (3,0- 4,5 sm), eni 35-50 mm.ni (3,5-5,0 sm), va aylanasi 15-25 mm.ni (1,5-2,5 sm) va og‘irligi 150-200 mg.ni (15,0-25,0 gr) tashkil etadi.

Prostata bezining ort qismi to‘g‘ri ichakning old devoriga yopishgan xolda joylashganligi bois, uni ko‘rsatkich barmoq yordamida orqa teshik orqali tekshirib ko‘rish mumkin. Ushbu rektal paypaslab ko‘rish uslubi orqali uning nisbatan yumaloqroqligi, yumshoq-elastik konsistentsiyaga egaligi, o‘rtasidan bo‘ylamasiga ariqcha bilan chegaralangan ikki bo‘lakdan, ya’ni o‘ng va chap qismlardan iborat ekanligini aniqlash mumkin.
Prostata bezi o‘rtacha 30-50 dona shaklan egriroq bezchalar, ya’ni atsinuslar majmuidan iborat. Bu bezchalarning chiqaruv yulchalari peshob chiqaruv kanalining prostatik qismi orqa devorlariga, ya’ni urug‘ do‘mboqchasining yon devorlari orqali peshob chiqaruv kanaliga ochiladi. Prostata bezi yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek silliq, qayishqoq muskul tolalari bilan mo‘l ta’minlangan bo‘lib, atsinuslar va ularning chiqaruv yo‘lchalarini, aylanma hamda bo‘ylama tarzda qamrab olgan. Prostata bezi mushak to‘qimalaridan tashqari ko‘plab asab tolalari, qon va limfa tomirlari bilan ham ta’minlangan. Qo‘zg‘alish yoxud boshqa ta’sirlar natijasida mushaklar kisqarib, prostatadagi bezlar siqiladi va katta ahamiyatga ega maxsus suyuklik ajralib chiqadi. Prostata bezi sirtqi tomondan biriktiruvchi va mushak to‘qimali qattiqroq qobiq bilan qoplangan.

— Prostata bezi yunon shifokorlari tomonidan qadim davrlardayoq “erkakning ikkinchi yuragi”, deya e’tirof etilgan. Buning boisi nimada?

Fikrimizcha, quyidagi sabablar bois bu a’zo yurakka mengzaladi:

Shaklan yo‘g‘onroq, kashtan yong‘og‘iga o‘xshash prostata bezining tashqi ko‘rinishida xaqiqatdan ham yurakka o‘xshash jihatlar mavjud.
Bu a’zo erkak kishi uchun yurak kabi muxim ahamiyatga ega va u er kishining organizmida ko‘plab vazifalarni bajaradi.
Yakkash a’zo bo‘lgan prostata bezi qon tomirlarga o‘ta boy. Bu qon tomirlar to‘g‘ri ichak va orqa teshik, peshob qopchasi kabi tosdagi ko‘pgina a’zolarning vena va arteriyalariga tutashib ketgan.
Erkak kishining shahvoniy mudroq holatida xam kichik tos a’zolarini ta’minlashga ketadigan qonning 50 foizdan ziyodrog‘i prostata bezining hisobiga to‘g‘ri kelar ekan.
Erkakning shahvoniyati qo‘zg‘algan paytda esa kichik tos a’zolarida mavjud qonning deyarli 80 foizi prostata be-zining ulushiga to‘g‘ri kelar ekan.
Demak, qon aylanishdagi o‘ziga xoslik va faoliyatidagi serqirralik bois, prostata bezi “erkakning ikkinchi yuragi” deya ataladi.

Prostata bezi homiladorlikning 12-14 haftalarida erkaklarga xos gormon — androgenlar ta’sirida shakllanadi. Homilada androgen gormonlarning kam ishlab chiqilishi yoxud ona tanida ayollarga xos gormonlar bo‘lmish esgrogenlarning ko‘p to‘planganligi prostata bezidagi muskul va bez to‘qima larining rivojdan ortda qolishiga sabab bo‘ladi. Ko‘pincha, xomilaning tushib qolish xavfi kuchayganda ayollar qabul qiladigan gormonal dorivorlar ham prostata bezi rivojiga salmoqli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Balog‘at yoshiga yetgunga qadar o‘g‘il bolalarda prostata bezi go‘yoki “mudroq “ xolatda bo‘ladi. Ammo rasida davrida bu a’zo keskin rivojlanib, faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Ayniqsa, 17- 18 yoshlarga kelib, bu a’zo to‘liq faoliyat ko‘rsatish darajasiga yetadi va 30 yoshlarga qadar kuchaygan tarzda ishlaydi. 40 yoshlardan oshgach, bu a’zo faoliyatida susayish kuzatiladi. Keksalik davriga kelib esa ushbu a’zoning to‘qimalari yaxshi ishlamaydigan biriktiruvchi to‘qimalar bilan almashadi.

Ushbu o‘rinda ayrim maktublardagi savollarga qisqacha javob berishimiz o‘rinli deb o‘ylaymiz.

Ikki o‘glim bor. Ulardan oldin turt marotaba homilam tushib qolgan. O‘zim hamshira bo‘lganligim tufayli keyingi homiladorlik davrlarida jiddiy saqlanib, shifoxonada yotib davolandim. Homilani saqlab qolish uchun katta miqdorda estrogen gormonal dorilarni qabul qilganman. Xudoga shukr, ikki o‘glimni shu tarzda qo‘lga olib, katta qildim. Kattasi — 14, kichigi — 11,5 yoshda, ammo ular xuddi qizlar kabi muloyim. Nazarimda jinsiy a’zolari ham uncha yaxshi rivojlanmayotgandek. Yaqinda bir shifokordan homilani saqlab qolish uchun ishlatiladigan gormonal dorivorlarga o‘ta ruju qo‘yish o‘gil bolalarning haqiqiy er bo‘lib kamolga yetishiga monelik qilishi haqida eshitib, iztirobga tushdim. Katta tajribaga ega bo‘lgan bu shifokorning fikrlari asoslimi?

Z.To‘ychieva, 43 yosh
Yuqorida ushbu maktubdagi savollarga xam qisman javob bo‘luvchi fikrlarni berib o‘tgan bo‘lsak-da, bu masalaga yanada oydinlik kiritmoqchimiz. Homilaning 3-3,5 oylik davridan shakllana boshlaydigan prostata bezining rivojiga quyidagilar jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin:

homila o‘g‘il bo‘lganda androgen gormonlarning ishlab chiqilishida yetishmovchilik kuzatilishi xatarlidir;
bo‘lg‘usi ona qonida ayollarning xos jinsiy gormonlari ko‘p miqdorda to‘planib qolishi ham prostata rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu hol ko‘pincha homilani saqlab qolish uchun katta miqdordagi ayollar gormonlarini qo‘llashning oqibati ham bo‘lishi mumkin;
bo‘lg‘usi onaning qiz tug‘ishga orzumand bo‘lib, bu haqda ko‘p o‘ylashi ham ruhiy o‘zgarishlarga va qonda ayollik gormonlari miqdorining ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Natijada, prostata bezi takomili, ayniqsa, uning mushakli va bezli tarkiblari rivoji ortda qolishi kuzatilatsi.
Demak, maktubdagi fikrlar ham ancha jo‘yali. Zero, moyaklar va jinsiy a’zolarning kichik bo‘lishi, prostata bezi rivojida xam ortda qolish mavjudligidan dalolat bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda mutaxassis shifokorga murojaat qilish lozim bo‘ladi.

— Yuqorida prostata bezining organizmda o‘ta muhim vazifalarni bajarishi haqida gapirildi. Bu aynan qanday vazifalar ekantgi haqida ham ma’lumotlar bersangiz.

Prostata bezi organizmda quyidagi vazifalarni bajarishi aniqlangan.

Muhofaza etuvchi vazifasi uning anatomik tuzilishi va joylashgan o‘rni bilan bog‘liq. Prostata bezi har xil yuqumli manbalarni peshob chiqaruv kanalidan qopchaga va yuqori siydik yo‘llariga o‘tkazmasligi bilan ahamiyatlidir. Bu vazifa sfinkterli jom mushaklarining qisqarib, to‘siq bo‘lishi bilan ifodalanadi. Shuningdek, prostata bezi sekretida mavjud bo‘ladigan antibakterial moddalar ham ma’lum darajada mikroblarga qiron keltiradi.
Inkretor vazifa — ayrim a’zolarda ishlab chiqilayotgan moddalarning qon oqimi bilan olib ketilmay ushbu a’zoning o‘zida qayta so‘rilishi. Zero, prostata bezida ishlab chiqiladigan gormonsimon moddalar hisoblanuvchi prostaglandinlar va boshqa ayrim oqsil moddalar ushbu a’zoning o‘z faoliyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi.
Motor vazifa — prostata bezi ichidagi mushak tolalari sfinkter, ya’ni siquvchi jomni tashkil etishi hisobiga erkakning peshob ushlab turishini ta’minlaydi. Shuningdek, prostata bezi mushaklarining ritmik qisqarishi xisobiga uning sekreti sperma tarkibiga qo‘shilib, eyakulyatsiya jarayonida otilib chiqish ro‘y beradi.
Sekretor vazifa — prostata bezida doimiy tarzda ishlab chiqiladigan maxsus suyuqlikning jinsiy qo‘zg‘alish paytida peshob chiqazuv yo‘llariga chiqishi va eyakulyatsiya (urug‘ otilishi) paytida shahvat tarkibida o‘z o‘rnini topishi. Odatda, prostata bezi sekreti o‘ta kam miqdorda bo‘lsada peshob bilan birgalikda ajralib turadi. Shuningdek, tabobatda “maylga bog‘liq prostatoreya” tushunchasi ham mavjud. Bu hol, shahvoniy xayolga chumgan paytda, zakar kuchli taranglashmasa-da, biroz shilimshiq modda ajralishi bilan ifodalanadi. Afsuski, aksari yoshlar bu holni kasallik belgisi deya o‘ylab, asossiz iztirobga tushishadi.
Prostata bezi ishlab chiqaradigan sekret quyidagicha ahamiyatga ega.
— Shahvatning 25-40 foizini tashkil etuvchi bu suyuqlik urug‘ yo‘llaridan ajralib chiqayotgan kam miqdordagi quyuq moddaga aralashishi natijasidagina sog‘lom maniy vujudga keladi. Sog‘lom shahvat quyidagi mahsullar yig‘masidan iborat:

Moyaklarda ishlab chiqiladigan spermatozoid hujayralari.
Urug‘ pufakchalarining shahvatni himoyalovchi xususiyatga ega bo‘lgan maxsus suyuqligi.
Prostata bezi ishlab chiqaradigan o‘ziga xos suyuqlik.
Peshob chiqaruv kanali bezlarining sekretlari.
Unutmaslik joizki, prostata bezining sekreti mutlaqo
bo‘lmagan shahvat suyuqligi o‘ta kam va quyuq bo‘lganligi bois hatto urug‘ chiqazish ham mushkul bo‘lib qoladi.

Kuniga 0,5-2,0 ml ishlab chiqiladigan bu suyuqlik urug‘ hujayralarining harakatchanligini oshiradi va zaruriy pH, ya’ni kislotali ishqoriy muhitni mo‘‘tadillashtiradi.
Bez sekretidagi ayrim fermentlar testosteron gormonini ancha faol turga, ya’ni 5-alfa degidrotestosteronga aylantiradi.
Prostata bezi sekretidagi limon kislota organizmning androgen gormonlar bilan qanchalik to‘yinganligidan dalolat berib turadi.
Shuningdek, bez sekreti tarkibida oqsil modda — sperminning mavjudligi shahvatga o‘ziga xos maxsus hid berib turadi.
Prostata bezi sekreti suyuqligi tarkibida yog‘simon tomchichalar, ya’ni letsitin donachalari ko‘p miqdorda uchraydi. Shu bilan bir qatorda sekret tarkibida fruktoza, oqsillar, fermentlar hamda natriy, kaliy, kaltsiy, fosfor, mis tuzlari ham mavjudligi aniqlangan.
Prostata bezi va moyaklar faoliyatidagi uzviy bog‘liqlik ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‘rinda, prostata va moyaklar faoliyatidagi uygunlik borasida mufassalroq to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. Ma’lumingizkim ota-bobolarimiz yigitda bolig‘lik alomatlari paydo bo‘lgan zahotiyoq uylantirishni odat qilganlar. Hozirgi, aksari yoshlar esa 25-30 yoshga kelib uylanishni maqbul hisoblashadi. Ayrimlar: » Erta uylanish erlik bezida dimlanish natijasidagi yalliglanish dardlari kelib chiqishini bartaraf qiladi”, — deyishsa, boshqalar: » Organizmdagi kompensator xususiyatlar bu zararlarni yo‘qqa chiqaradi” — deya fikr yuritadilar. Bu fikrlar qanchalik asosga ega ekanligi haqida quyida to‘xtalamiz.

Darhaqiqat, prostata bezi va moyaklar bir-birining faoliyatiga doimiy tarzda o‘ziga xos turtki berib turadi. Rasida bo‘lish davriga qadar prostata bezi go‘yoki “g‘aflat uyqusida” bo‘ladi. Balog‘at pillapoyalariga qadam tashlangan zahotiyoq prostata faol ishlay boshlaydi.

Ammo prostata bezi ma’lum bir sharoitlarda barcha jinsiy a’zolar faoliyatini “vaqtincha uyquga” ro‘baro‘ qilish xususiyatiga ham ega.

Masalan, avval muttasil tarzda jinsiy hayot bilan yashagan, uylangan yigit harbiy xizmat yoxud biror safarga jo‘natildi, deylik. Prostata bezining inkretor vazifasi tufayli ishlab chiqilayotgan sekretning ma’lum bir qismi shu a’zoning o‘zidayoq qayta so‘riladi. Natijada moyaklar faoliyati xam susayib, gormonlar miqdori va shahvat hajDarhaqiqat, prostata bezi va moyaklar bir-birining faoliyatiga doimiy tarzda o‘ziga xos turtki berib turadi. Rasida bo‘lish davriga qadar prostata bezi go‘yoki “g‘aflat uyqusida” bo‘ladi. Balog‘at pillapoyalariga qadam tashlangan zahotiyoq prostata faol ishlay boshlaydi.

Ammo prostata bezi ma’lum bir sharoitlarda barcha jinsiy a’zolar faoliyatini “vaqtincha uyquga” ro‘baro‘ qilish xususiyatiga ham ega.

Masalan, avval muttasil tarzda jinsiy hayot bilan yashagan, uylangan yigit harbiy xizmat yoxud biror safarga jo‘natildi, deylik. Prostata bezining inkretor vazifasi tufayli ishlab chiqilayotgan sekretning ma’lum bir qismi shu a’zoning o‘zidayoq qayta so‘riladi. Natijada moyaklar faoliyati xam susayib, gormonlar miqdori va shahvat hajmi kamayadi. Demak, harismandlik xissi “mudraydi”. Ammo, inkretor xususiyat prostata bezi sekretining ma’lum bir miqdorinigina mo‘‘tadillashtira oladi. Tegramizdagi beiboliklar dimlangan prostatitga olib kelishi shaksiz. Shu bois, o‘z paytida uylanish qator kasalliklarning oldini olishi aniq.

Prostata bezi va moyaklarning bir-biriga uzviy bog‘liq faoliyati quyidagi shaklda ifodalanadi.

Moyaklar faoliyatining kuchayishi, prostata bezining ishlashini ham kuchaytiradi.
Moyaklar faoliyatining susayishi prostata beziga xam aks ta’sir ko‘rsatadi.
Jinsiy munosabatning imkoni bo‘lmaganligi bois, prostata sekretining qonga kuchli so‘rilishi moyaklar ishiga tormozlovchi ta’sir o‘tkazadi.
Tez-tez jinsiy aloqa qilish natijasida prostata bezi sekretor faolligining pasayishi moyaklar faoliyatining kuchayishiga olib keladi.
Ushbu o‘rinda yuqoridagi masalaga bog‘liq bo‘lgan bir maktubga to‘xtalib o‘tmoqchimiz.

Kasbimning taqazosi tufayli ko‘p xizmat safarida bo‘laman. Ayolimni soginib kelsam-da, kutganimdek natijaga erishmayman. Uyda bir necha kun bo‘lganimdan so‘nggina jinsiy munosabatimiz uz maromiga tushadi. Buning boisi nima-da?

Ayrim kitoblarda haftada ikki marta jinsiy munosabatda bo‘lish me’yor deb qayd etilgan. Mening bir shifokor do‘stim esa yorgoq a’zolaridagi biror dard tufayli jarrohlik uslubi bilan davolangan bemorlarga, aksincha, tez-tez jinsiy aloqa tavsiya qilinishi haqida so‘zlab berdi. Bu fikr asoslimi?

Shaxsan o‘zim, yoshim anchaga borib qolgan bo‘lsa-da, kuniga yoki kun ora yotmasam chotimda ogriq sezaman. Menimcha, jinsiy hayot me’yori hamma uchun har xil bo‘lsa kerak.

Bu haqda mutaxassislar nima deyisharkin?

N. G‘iyosov
Ma’lum bir sabablarga ko‘ra jinsiy hayotida uzoqroq uzilish bo‘lgan erkaklarda prostata bezining inkretor xususiyati ta’sirida moyaklar va boshqa jinsiy a’zolar “mudroq” holatga o‘tadi. Shu sababli ham safardan qaytgan ayrim erkaklar o‘zlarida avvalgi jinsiy imkoniyatlarni topolmay iztirobga tushadilar. Ayollar esa erini asossiz xiyonatkor deya gumon qilishadi. “Uxlab” yotgan hissiyotlarni uyg‘otish uchun goho biror xafta vaqt kerak bo‘ladi. Ushbu muddatda erkak o‘zini majburlab bo‘lsa-da tez-tez jinsiy munosabatda bo‘lsa, ko‘p sarflanayotgan sekretning o‘rnini to‘ldirish uchun moyaklar xam zo‘riqib ishlay boshlaydi va asta-sekin kerakli maromga tushib oladi. Demak, uzoq uzilishdan so‘ng bo‘lgan jinsiy munosabatdagi ayrim o‘zgarishlar vaqtinchalik bo‘lib, me’yoriy hol hisoblanadi.

Endi maktubning ikkinchi qismiga javob bersak. Darhaqiqat, ko‘plab risolalarda, (jumladan o‘zimning bir kitobimda ham) haftada ikki marta jinsiy munosabatda bo‘lishning me’yor ekanligi uqdirilgan. Ammo bu tavsiyada shifokor qabuliga kelgan zurriyottalab erkaklarning organizmidagi o‘ziga xosliklarni ko‘zda tutganligini unutmaslik joiz. Jinsiy munosabatdan ikki maqsad ko‘zda tutiladi: zurriyot va lazzat. Uch-to‘rt kunda bir marotaba aloqa qilish shahvatning mukammallashishi va farzand bunyod bo‘lishi uchun maqsadga muvofiq. Tez-tez munosabatda bo‘lish esa lazzat olish uchun o‘ng‘ay. Zero, yuqorida ta’kidlaganimizdek, tez-tez aloqada bo‘lish natijasida prostata bezi suyuqlik ishlab chiqishga ulgurmay qoladi. Lekin bu holda moyaklar kuchli faoliyat ko‘rsatib, gormonlar ishlab chiqish ko‘payadi va prostata beziga uz navbatida dalda beradi. Umuman, jinsiy aloqadagi me’yor har bir kishi uchun alohida bo‘lib, er-xotin orasida hal qilinadigan masaladir. Demak, kunora jinsiy aloqada bo‘lmasa o‘zini noxush his qiluvchi kimsalar, o‘z ayoliga nisbatan xohish jilovini istagancha bo‘sh qo‘yishga haqlidirlar.

Haqiqatdan xam yorg‘oq a’zolarining ayrim kasalliklarida qilingan jarrohlik muolajalaridan so‘ng, biron oy o‘tgach, ayrimlarga tez-tez jinsiy munosabatda bo‘lish tavsiya etiladi. Bundan maqsad “mudroq” moyak hujayralarini majburlab bo‘lsa-da “uyg‘otib”, yaxshi ishlab ketishini yo‘lga qo‘yishdir.

Ammo, bu tadbir shifokor maslahatisiz, uzbilarmonlik bilan qilinmasligi darkor. Zero, bu hol ayrim kasalliklar (varikotsele, churra, kriptorxizm va h.k.) bo‘yicha operatsiya qilingandan so‘ng, biron oy o‘tgach, shifokor tavsiyasiga asosan amalga oshirilishi mumkin, xolos.
Просмотров: 4930 | Добавил: Anfalit | Рейтинг: 2.0/5
Барча изохлар: 0
avatar