MENU
Бош сахифа » 2015 » Март » 2 » Prostatit qanday dard? Prostatit kasalligi sabablari.
12:34
Prostatit qanday dard? Prostatit kasalligi sabablari.

Prostatit — prostata bezining yallig‘lanish dardi. Bu kasallik juda keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa, bepushtlik, mijoz sustligi kabi qator asoratlari bilan xatarlidir. Biz, asosan, prostatitning surunkali turi haqida so‘z yuritishni maqbul deb bildik. Negaki, prostatitning o‘tkir turi harorat ko‘tarilishi, kuchli og‘riq berishi kabi qator alomatlar bilan kechishi tufayli aksar bemorlar tez yordam orqali shifoxonaga tushishadi va tezda davolanib ketishadi. Zamonaviy tabobatning eng katta muammolaridan biri esa xatarli asoratlarga olib keladigan surunkali prostatit dardini o‘z vaqtida aniqlash va davolashdir.

Bugungi kunda yer yuzidagi 25-40 foiz erkaklarning surunkali prostatit kasalligiga chalinganliklari aniqlangan. Ayrim olimlar esa bu dard 25-40 yoshdagi erkaklarning qariyb 50-80 foizida uchraydi degan ma’lumotlarni ham tarqatmoqdalar. Albatga, bu o‘rinda giperdiagnostika, ya’ni ayrim fiziologik holatlarni surunkali prostatitning alomatiga yo‘yish holati ham mavjud ekanligi, ehtimoldan xoli emas.

Prostatit kasalligi sabablari haqida

Ko‘pchilik olimlar prostatit kasalligini kelib chiqish sabablariga qarab, bakterial — yuqumli va dimlangan — mikrobsiz (prostatoz) turlarga ajratishadi.

Yuqumli — bakterial prostatit

Yuqumli — bakterial prostatit kasalligini strepptokokk, stafilakokk, xlamidiy, gardnerellyoz, gonokokklar, trixomanada, zamburug‘, virus kabi qator mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Prostata beziga yuqumli manba bo‘lgan mikroorganizmlar aksariyat hollarda boshqa dardmand a’zolardan qon yoki limfa suyuqligi oqimi orqali ko‘chib o‘tadi.

Mikroblarning prostata beziga kelib tushishi uchun uch yo‘l mavjudligi aniqlangan:

Gematogen — mikroorganizmlar uchun qulay yo‘l hisoblanadigan qon oqimi orqali.
Limfogen — boshqa xastalangan a’zolarda mavjud kasallik chaqiruvchi mikroblarning prostata beziga limfa suyuqligi orqali o‘tishi.
Uretrogen — infektsiyaning peshob chiqaruv kanalidan o‘tishi. Bu yo‘l orqali infektsiya buyrak, peshob qopchasi, orqa uretra, kavernoz tanachalardan prostata beziga o‘tadi.
Umuman, gematogen va limfogen yo‘llar orqali yuqumli manbalar o‘pka, jigar, quloq, og‘iz, tishlar, burun bo‘shlig‘i, to‘g‘ri ichak, bodomcha bezlar kabi qator a’zolardagi xastalik o‘chog‘laridan prostata beziga o‘tishi aniqlangan.

Hozirgi kunda surunkali prostatitning kelib chiqishidagi eng asosiy sabablardan biri zinoiy kasalliklardir.

Dimlangan prostatit

Yukmaydigan, dimlangan prostatit, ya’ni prostatoz esa infektsion faktorlarning ishtirokisiz kelib chiqadi. Turli sabablarga ko‘ra prostata bezida qon va sekretning dimlanishi bu turdagi prostatitning asosiy sababchisidir.

Moyillik tug‘diruvchi sabablar

Moyillik tug‘diruvchi sabablar surunkali prostatitning kelib chiqishida katta rol o‘ynaydi. Insonning ixtiyoriga bo‘ysunmaydigan bu sabablar quyidagilardir:

Prostata bezining tuzilishidagi o‘ziga xosliklar, ya’ni a’zoning atsinus kanalchalarida ishlab chiqiladigan suyuqlikning dimlanishiga qulaylik mavjudligi.
Prostata bezining venoz qon tomirlari tuzilishidagi o‘ziga xosliklarning qon dimlanishi uchun o‘ng‘ay ekanligi.
Organizmdagi gormonal muvozanatning buzilishi.
Yosh o‘tgan sari prostata bezi hamda gormonlar miqdorida o‘zgarishlar ro‘y berishi.
Immunitetning tug‘ma past ekanligi.
Prostata bezining to‘g‘ri ichak va peshob qopchasi bilan o‘ziga xos nerv-reflektor bog‘liqligi.
Yuqoridagi moyillik tug‘diruvchi sabablarni odam ixtiyori bilan bartaraf etib bo‘lmaydi. Ammo ushbu anatomo-fiziologik o‘zgarishlar infektsiya va kasallikka zamin bo‘luvchi boshqa sabablarning ishtirokisiz, alohida holatda prostatitni keltirib chiqara olmaydi.
Просмотров: 10674 | Добавил: Anfalit | Рейтинг: 2.1/37
Барча изохлар: 0
avatar