MENU
Бош сахифа » 2015 » Март » 2 » Orxiektomiya — moyakni olib tashlash operatsiyasi.
12:40
Orxiektomiya — moyakni olib tashlash operatsiyasi.

Orxiektomiya (grekcha so‘zdan olingan, orxis ― moyak, ektomiya ― olib tashlash) bitta yoki ikkala moyakni operatsiya yo‘li bilan olib tashlash. Ikkala moyakni olib tashlash ―kastratsiya deyiladi.

Sinonim: Orxidektomiya, orxektomiya, kastratsiya.

Moyaklar ishlab chiqaradigan erkaklik gormoni – testosteron, rak hosil bo‘lishini va uni boshqa a’zolarga tarqalishini (metastaz) tezlashtirib yuborishi mumkin. Rakni davolash maqsadida organizmda testosteron miqdorini pasaytirish kerak. Buni bir necha usullari bor, shulardan biri – moyaklarni olib tashlash ya’ni orxiektomiya hisoblanadi. Bu operatsiya asosan prostata bezi va erkaklar ko‘krak rakida o‘tkaziladi.

Kriptorxizm kasalligida va moyaklar jarohatganda ham orxiektomiya o‘tkazilishi mumkin.

Moyaklar testosteron gormonidan tashqari, erkaklar jinsiy hujayrasi – spermatozoidlarni ham ishlab chiqaradi. Agar orxiektomiya operatsiyasida ikkala moyak olib tashlansa, bemor keyinchalik farzand ko‘ra olmaydi. Shuning uchun shifokor bu operatsiyani o‘tkazishdan oldin bemorga, spermatozoid namunasini saqlab qo‘yishni tavsiya etadi. Agar bitta moyak olib tashlansa, keyinchalik farzand ko‘rish mumkin, lekin shunday bo‘lsa ham shifokorlar spermatozoid namunasini saqlab qo‘yishni maslahat berishadi.

Orxiektomiyaning salbiy oqibatlari

Jinsiy mayl yo‘qolishi;
Impotensiya;
Tana vazni ortishi;
Ko‘krak kattalashishi;
Ko‘krakda og‘riq;
Tez toliqish;
Chov sohasida sezuvchanlikning pasayishi;
Rakni qaytalashi.
Просмотров: 5164 | Добавил: Anfalit | Теги: Orxiektomiya — moyakni olib tashlas | Рейтинг: 2.3/9
Барча изохлар: 0
avatar