MENU
Главная » Архив материалов

Prostatit — prostata bezining yallig‘lanish dardi. Bu kasallik juda keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa, bepushtlik, mijoz sustligi kabi qator asoratlari bilan xatarlidir. Biz, asosan, prostatitning surunkali turi haqida so‘z yuritishni maqbul deb bildik. Negaki, prostatitning o‘tkir turi harorat ko‘tarilishi, kuchli og‘riq berishi kabi qator alomatlar bilan kechishi tufayli aksar bemorlar tez yordam orqali shifoxonaga tushishadi va tezda davolanib ketishadi. Zamonaviy tabobatning eng katta muammolaridan biri esa xatarli asoratlarga olib keladigan surunkali prostatit dardini o‘z vaqtida aniqlash va davolashdir.

Bugungi kunda yer yuzidagi 25-40 foiz erkaklarning surunkali prostatit kasalligiga chalinganliklari aniqlangan. Ayrim olimlar esa bu dard 25-40 yoshdagi erkaklarning qariyb 50-80 foizida uchraydi degan ma’lumotl ... Давомини ўкиш »
Кўрилди: 10464 | Киритди: Anfalit | | Изохлар (0)


Prostata bezi — peshob chiqaruv kanalining tana ichidagi tub-ildiz bo‘lmasini hamda peshob qopchasi bo‘yin qismini go‘yoki ost tomondan quchib turadigan a’zo. Bu a’zo kichik tosning quyi old qismida, peshob qopchasi ostida, ya’ni chov simfizi va to‘g‘ri ichak o‘rtasidagi hududda joy-lashgan. Aylanasimon uchburchak shaklli bu a’zoning yo‘g‘on tarafi tepadagi peshob qopiga, cho‘qqisimon qirraliroq qismi esa pastga — chot tomonga qarab joylashgan. Prostata mushak, bez va biriktiruvchi to‘qimalar majmuidan iborat a’zodir. Sodda qilib tushuntirilsa, prostata bezi peshob qopi va zakarning ildiz qismi o‘rtasida joylashgan (2-rasmga qarang). Shaklan yo‘g‘onroq, kashtan yong‘og‘iga o‘xshab ketadigan bu a’zoning kattaligi va og‘irligi har bir kishida o‘ziga xos bo‘ladi. 20-45 yoshli erkaklarda prostata bezining o‘rtacha uzunligi 30-45 m ... Давомини ўкиш »
Кўрилди: 4791 | Киритди: Anfalit | | Изохлар (0)



Ma’lumki, inson jinsiy a’zolari hayotiy zarur bo‘lgan uch faoliyatni amalga oshiradi: 



Reproduktiv yoki generativ, ya’ni zurriyot qoldirishga, nasl davom ettirishga yo‘naltirilgan asosiy faoliyat. 

... Давомини ўкиш »

Кўрилди: 20663 | Киритди: Anfalit | | Изохлар (1)

« 1 2 3